MBFda «Malakali iqtisodchi kadrlarning biznesdagi roli» mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Joriy yil 26-fevral kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetida ASAKA MATORS INTERNATIONAL” MChJ bosh buxgalter o‘rinbosari Xalmuradov Ibragim Sunnatovich bilan “Malakali iqtisodchi kadrlarning biznesdagi roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv davomida intellektuallashtirish va globallashuvning umumjahon tendensiyalari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning murakkablashuvi mehnat va intellektual resurslarga, shu jumladan oʻrta maxsus, kasb-hunar va Oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlashning sifatiga nisbatan qoʻyiladigan talablarning ortishiga olib kelishi, taʼlim, malaka, kasbiy tajriba korxonalar (tashkilotlar) va hududlar raqobatbardoshligining garovi va barqaror iqtisodiy oʻsish omiliga aylanishi haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Leave a Reply