Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi va talabalarining poytaxtimiz boʻylab sayohatlari davom etmoqda.
Bugun jamoamiz Oʻzbekiston davlat satira teatriga tashrif buyurib, Abdulla Qodiriy asari asosida sahnalashtirilgan “Julqunboy” komediya spektaklini tomosha qildilar. Shuningdek, ular Gʻafur Gʻulom uy muzeyiga ham tashrif buyurib, yozuvchining hayot yoʻli va ijod namunalari bilan yaqindan tanishdilar.