Talabalarga banklarning kredit va faktoring operatsiyalari haqida batafsil maʼlumotlar berildi

29-aprel kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetida “TURONBANK” ATB Anderayting departamenti direktori Muazzamov Akmal Akbar oʻgʻli tomonidan “Tijorat banklarining kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Dars davomida talabalarga kredit va faktoring operatsiyalari, banklarning kredit siyosati va kredit turlari, banklarda faktoring operatsiyalarini amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Leave a Reply