Statistika kafedrasi – kafedra 1932-yilda yilda “Statistika kafedrasiga” nomi bilan tashkil qilingan. 1953-yildan boshlab Statistika taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar tayyorlab kelinmoqda. 1997-yildan boshlab Statistika taʼlim yo‘nalish bo‘yicha bakalavriyatda va 2000-yildan boshlab Statistika mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada talabalar taxsil olib kelmoqda. Yillar davomida kafedrada 5A231401- “STATISTIKA (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar hamda 5231400 “STATISTIKA (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha yosh mutaxassislar tayyorlanmoqda.
5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr
5A231101 – “Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)” hamda
5A231102 – “Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar
Kafedra turli xalqaro tashkilotlar va taʼlim muassasalari bilan taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xokkaydo universiteti (Yaponiya) va Gavr universiteti (Fransiya) o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida, professor Masato Xivatari, professor Per Shabal va professor Robbert Kreyn Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida o‘qituvchilariga seminar trening o‘tkazishdi.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Yaponiya xukumati xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorligi doirasida Xalqaro savdo yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis Naruse Jiro ikki o‘quv yili davomida “Jahon iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlashda ishtirok etmoqda.
Shu bilan birga, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Biznes inkubator markazi direktori Ruslan Mamedov tomonidan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun “Xalqaro biznes strategiyasi” mavzusida master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
School Of Law
1810 Campus Way NE
Bothell, WA 98011-8246
+1-2345-5432-45
[email protected]
Mon – Fri 9:00A.M. – 5:00P.M.
Join Special Event
SOL Open House
Get real experience in our campus
start in 16 August 2020
Click to see more