Sobiq bitiruvchilarimizning 42 yillik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 20-may kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetini 1981-yilda tamomlagan bitiruvchilar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuvda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich hamda Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti dekani Burxanov Aktam Usmanovich ham ishtirok etdilar.
Universitetning tarixi va buguni, bitiruvchilarning muvaffaqiyatlari hamda talabalik davrining yorqin xotiralari haqida ajoyib davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Ushbu tashrif uchun sobiq bitiruvchilarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Leave a Reply