2025-yil 25-aprel kuni TDIUning 4-talabalar turar joyida Moliya fakulteti talabalari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi badantarbiya mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishdi.
Ertalabki salqin havo, ijobiy kayfiyat va birgalikdagi jismoniy mashqlar talabalarga kunni energiyaga to‘la va tetik holatda boshlash imkonini berdi. Jismoniy faollik nafaqat sog‘liq, balki intellektual faoliyat uchun ham muhim omil sanaladi.
Mazkur tadbir doimiy ravishda o‘tkazilib, talabalar orasida sog‘lom hayotga bo‘lgan intilishni mustahkamlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
2025-yil 25-aprel kuni TDIUning 4-talabalar turar joyida Moliya fakulteti talabalari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi badantarbiya mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishdi.