Fakultet zamonaviy moliyaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tahliliy fikrlovchi, xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Bugungi kunda Moliya fakulteti talabalari nafaqat nazariy bilim, balki xalqaro amaliy tajriba orttirish imkoniyatlariga ham ega bo‘lishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PQ-62-sonli qarori — “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” — asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida Moliya fakulteti tashkil etildi.
Fakultet zamonaviy moliyaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tahliliy fikrlovchi, xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Bugungi kunda Moliya fakulteti talabalari nafaqat nazariy bilim, balki xalqaro amaliy tajriba orttirish imkoniyatlariga ham ega bo‘lishmoqda.
Xalqaro almashinuv va loyihalarda ishtirok: Fakultet talabalari:
Italiyaning La Sapienza universiteti,
Yaponiyaning Kansai universiteti,
Slovakiyaning Comenius universiteti,
AQShning Cincinnati va Arizona universitetlarida tahsil olishgan,
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida tashkil etilgan “Yozgi universitet” loyihasida faol qatnashganlar.
Talaba yutuqlari:
Talaba F. Abdunabiyeva belbog‘li kurash bo‘yicha Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida hamda Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Talaba A. Kurbanov esa “Talabalar ligasi” sport musobaqasining shaxmat turi bo‘yicha respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fakultet iqtidorli yoshlar uchun ta’lim, sport, ilmiy va xalqaro sohalarda keng imkoniyatlar yaratmoqda.