Bizning asosiy maqsadimiz – chuqur nazariy bilimlarga ega, tajribali kadrlar tayyorlashdan iborat.
Fakultet zamonaviy moliyaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tahliliy fikrlovchi, xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Bugungi kunda Moliya fakulteti talabalari nafaqat nazariy bilim, balki xalqaro amaliy tajriba orttirish imkoniyatlariga ham ega bo‘lishmoqda.