“O‘zbekiston – dunyoviy davlat” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

2023-yil 2-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston – dunyoviy davlat” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari olimlari hamda TDIU professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirni TDIU rektori, professor Q.Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimiz tarixida birinchi marta O‘zbekiston dunyoviy davlat ekanligi Konstitutsiya darajasida mustahkamlanganligi, O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish yo‘lidan dadil ketayotganini hisobga olib, “Yangi O‘zbekiston – dunyoviy davlat” tamoyili konstitutsiyaviy norma sifatida belgilanganligini ekanligiga eʼtibor qaratdi.

Ilmiy seminarda so‘zga chiqqan TDIU professori I.Saifnazarov davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda ushbu masalaga to‘xtalib, bu borada aniq va xolis pozitsiyasini bildirganligini aytib o‘tdi. “O‘zbekiston – dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qatʼiy tanlovi ham shu”, degan edi Prezidentimiz. Bundan buyon ham millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, har bir fuqaroning vijdon erkinligi taʼminlanishi, barcha diniy konfessiyalar erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi, mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni taʼminlash siyosati izchil davom ettirilishi taʼkidlandi. Jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi.taʼkidlab o‘tdi. Davra suhbati ishtirokchilari ijtimoiy davlat O‘zbekiston uchun eng maqbul davlat ekanligini, uning vazifasi inson uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bunda fuqarolar va umuman xalqning manfaatlari va ehtiyojlari jamiyat hayotini o‘zgartirishda asosiy ustuvor vazifa ekanligini qayd etdi.  

Leave a Reply