Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti 1-kurs bakalavriant bosqichi talabalari uchun o’tkaziladigan “Oliy o’quv yurtida ta’lim olishni o’rganamiz” mavzusidagi treninglar qiziqarli tarzda davom etmoqda.
Bugungi seminar avvalida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik faoliyat bo’yicha prorektori Eshov Mansur Po’latovich nutq so’zladi. So’ngra faollar tomonidan 1-kurs talabalariga universitetimizdagi turli club va jamoalar faoliyatini tanishtiruvchi taqdimotlar namoyish etildi.