MBF talabasi Muhammad Aminxo’ja Muqimiy hayotini o’rganish maqsadida Qo’qon shahrida joylashgan ,,Miyon Hazrat” madrasasiga ilmiy ekspeditsiya sayohatini amalga oshirdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti 2-bosqich talabasi Mamayusupova Shahina Ulug’bek qizi Muhammad Aminxo’ja Muqimiy hayoti va ijodini targ’ib qilish va o’rganish maqsadida Qo’qon shahriga ilmiy ekspeditsiya sayohatini amalga oshirdi. Sayohat davomida Muqimiy umrining ohirgi yillarida yashab ijod qilgan ,,Miyon Hazrat” madrasasida qilgan ishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari Qo’qon shahridagi ,,Hudoyorxon o’rdasi” dagi Muqimiy ijodi namoyondalarini o’rganildi. Umri davomida Muhammad Aminxo’ja Muqimiy hayoti va ijodini ilmiy tahlil qilgan Abdulatifxon domla tomonidan Muqimiy hayoti va ijodi asarlariga tahlillar hamda talaba tomonidan asarlariga qilgan qiyosiy tahlil va ma’lumotlar almashildi. Muqimiy bolaligidan yashagan mahallaga ya’ni Bekvachcha mahallaga tashrif buyurdi hamda mahalliy aholidan shoir hayotiga aloqador bilimlarni egalladi. Sayohat davomida Muqimiy hayoti va ijodi hamda uning boshdan kechirgan hayot yo’llari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldi.

Leave a Reply