Moskva shahrida, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida o’tkazilgan 1-xalqaro talabalar statistika festivali va statistika bo’yicha talabalar xalqaro olimpiadasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti talabalalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir yoʼla ikkita nominatsiyada gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi.
Bular, Ulugʼbek Kamaletdinov ilmiy rahbarligidagi Iroda Ismailovaning MDH davlatlaridagi demografik ahvolning zamonaviy tendentsiyalari va ularning oila institutiga taʼsiri mavzusidagi ilmiy izlanishi MDH hududidagi “Eng yaxshi mintaqaviy tadqiqot” darajasiga erishdi. Аbdulhamid Yusufaliev jamoasining Oʼzbekistonning investitsion oʼrnini statistik baholash mavzusidagi ilmiy izlanishlari esa “Statistik tadqiqotlardagi noanʼanaviy yondashuv” nominatsiyasida gʼoliblikni qoʼlga kiritdi!
Gʼoliblarga mukofotlarni topshirishda qatnashgan MHD Bosh kotibi oʼrinbosari Ilhom Toʼychievich Neʼmatov statistika sohasida Oʼzbekiston talabalarining ilmiy salohiyatini yuqori baholab, ularga kelajakda yanada katta zafarlar tiladi.
Ushbu ulkan g’alaba bilan ustoz va talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz.