“Yangi O’zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostidagi “Yoshlar oyligi” doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari oʻrtasida Voleybol sport musoboqasi oʻtkazildi. Ushbu musobaqa quyidagi natija bilan yakunlandi:
1-oʻrin Xalqaro turizm fakulteti;
2-oʻrin Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti;
3-oʻrin Krems qoʻshma taʼlim dasturi.
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritgani uchun diplom va 4 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ushbu ajoyib gʻalaba bilan MBF jamoasini chin dildan muborakbod etamiz.