Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoniga start berildi
Tadbirni universitet rektori professor Qoʻngʻirotboy Sharipov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Oʻz soʻzida marafon tashabbuskori boʻlgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon Toʻychiyev soʻzga chiqib, marafon ishtirokchilarini qutladi va muvaffaqiyat tiladi.
Shundan soʻng universitet prorektori professor Gulnora Abdurahmonova soʻzga chiqdi va uch kun davom etadigan mazkur marafon doirasidagi tadbirlar haqida yigʻilganlarga qisqacha ma’lumot berdi. Ishtirokchilarga omad tiladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o’tkazilayotgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonida Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etmoqda.