Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining milliy statistika tizimini takomillashtirishga doir bor qator qarorlari doirasida, nazariya va amaliyotning integratsiyani taʼminlash borasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida yaqindan oʻzaro samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Xususan, Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetida Statistika agentligining “Statistika laboratoriyasi” tashkil etilgan.
Shuningdek, Statistika agentligi tomonidan bir qator xorijiy mamlakatlarning milliy statistika idoralari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan boʻlib, joriy yilning 15-19 may kunlari Koreya Respublikasining “Statistiks Koreya” (KOSTAT) delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan edi.
Mazkur tashrif davomida 16-may kuni mehmonlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetida joylashgan “Statistika labaratoriyasi” kelib, talabalar bilan suhbatlashishdi.