18-22-avgust kunlari Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani ” Semurg’ ” oromgohida YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGIning “Qizlar ovozi” klubi tashabbusi bilan “Ilm-fan oromgohi”loyihasi bo’lib o’tdi.Ushbu oromgohda Tosheknt davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti BR-91 guruh talabasi Hamroyeva Sevinchbonu Hamroyevna ham ishtirok etdi.Loyiha davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va direktor o’rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, O’zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi rahbari Shiringul Abidova ishtirok etdilar va oromgoh ishtirokchilari bilan suhbatlashib ularning savollariga atroflicha javob berdilar. Loyiha mobaynida ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun Teatr studiyalari, QVZ, Quvnoq startlar, startap loyihalar va “Munozara” tanlovlari tashkil etildi. Talabamiz “Munozara” tanlovida ishtirok etib faxrli 2-o’rinni ham qo’lga kiritdilar va taqdirlandilar.