[email protected] + 99871 2340279
Kafedra

Преподавания иностранных языков

Преподавания иностранных языков

Toshkent moliya institutida “Chet tillari” kafedrasi 1991 yilda tashkil topgan. Kafedrada ingliz, nemis va fransuz tillarida darslar olib boriladi. Kafedrani 1991-1996 yillarda dotsent B.Jo‘rayev, 1996-2007 yillarda dotsent D.Abidova, 2007-2016 yillarda dotsent M.Nabiyeva, 2016-2019 yillarda I.Xaydarov, 2019-2021 yillarda N.Xusanov kafedra mudiri sifatida boshqarishgan. 2021-2024 yillarda “Xorijiy tillar” kafedrasini Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor F.Saidova boshqarib kelgan. Shu yillar mobaynida juda ko‘p o‘qituvchilar o‘z bilimini chet mamlakatlarda oshirib kelishga muvaffaq bo‘ldilar. 2024 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Xorijiy tillarni o’qitish” kafedrasi tashkil topgan va kafedrani PhD, professor F.Saidova boshqarib kelmoqda. Universitetning 1- bosqich talabalari uchun moʼljallangan “Xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis tillari)” fani oʼquv dasturi mavjud.

 

60410300- Soliqlar va soliqqa tortish                                    

60410500- Moliya va moliyaviy texnologiyalar

60410900- Biznesni boshqarish

61010400- Logistika

60410600- Bank ishi

60410200- Buxgalteriya hisobi

Xorijiy tillarni o’qitish” kafedrasi ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Kafedraning rahbar va pedagog xodimlaridan iborat jamoa tajriba almashish hamda malaka oshirish maqsadida bir qator yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga tashrif buyurishgan. Xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalarining yuqori tajribali professor hamda olimlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va xalqaro ilmiy tadqiqotlar olib borish rejalari muhokama qilingan. Kafedra faoliyatida xalqaro va Respublika miqyosida konferensiyalar o’tkazilgan hamda ilmiy loyihalarda, innovatsion xizmatlar ko‘rsatishni tijoratlashtirishda  faoliyat ko‘rsatgan.

Kafedrada hozirgi kunda 28 nafar professor-o’qituvchi, shulardan 1 nafar professor, 8 nafar dotsent, 9 nafar katta o’qituvchi, 10 nafar assistant faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy salohiyat 34 foizni tashkil etadi.

O‘quv yili davomida “Xorijiy tillarni o‘itish” kafedrasi tomonidan yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-marifiy ishlar yillik rejaga asosan o‘z vaqtida bajarilib kelinadi. Hususan Universitet miqyosida talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik fazilatlarini mustahkamlash maqsadida bir qancha tadbirlar va  davra suhbatlari tashkil etilinadi. Kafedraga biriktirilgan Talabalar turar joyida ham o‘quv yili mobaynida  yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari kabi mavzularda davra suhbatlari tashkil etilib kelinmoda. Har bir tadbirga nufuzli mehmonlar taklif etilinib, turli mavzularda qiziarli suhbatlar olib boriladi.

Aloqa ma'lumotlari

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 60A-uy

+ 99871 2340279
[email protected]