Uncategorized @uz

Category

Joriy yilning 31-may kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti dekani talabalar bilan ijtimoiy tarmoqlardan noo’rin foydalanish oqibatlari haqida uchrashuv oʼtkazdi. Talabalar oʼrtasida ijtimoiy tarmoqlarda yolgʼon, shaxs va tashkilotlar qadr-qimmatini obroʼsizlantiruvchi maʼlumotlarni tarqatish va taʼqiqlangan maʼlumotlarni tarqatmaslik haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
Read More
Joriy yilning 29-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar uchun “MINI FUTBOL” sport turi boʻyicha Rektor kubogi musobaqasi oʻyinlariga start berildi.Darslabki oʻyinda Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetining “MBF” jamoasi “Xodimlar 1” jamoasi ustidan 9:0 hisobda gʻalaba qozondi.MBF jamoasiga keyingi oʻyinlarda ham omad tilab qolamiz.
Read More
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taʼsis etilgan “Muhammad Aminxoʻja Muqimiy” nomidagi maxsus stipendiyaning yakuniy bosqichi oʻtkazildi. Ushbu tanlovda Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetining 5 nafar iqtidorli talabalari faol ishtirok etdi:SS-81 guruh talabasi Hakimov FeruzBN-91 guruh talabasi Shamsiddinova XonzodaBN-91 guruh talabasi Mamayusupova ShahinaBR-91 guruh talabasi Hamroyeva SevinchSD-61 guruh talabasi Jamolova Xonzoda Barcha talabalarimizga omad tilaymiz
Read More
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Xalobod va Shukrona mahallalari yoshlari bilan uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuv davomida 47-umumtaʼlim maktabi bitiruvchilari bilan davra suhbati oʻtkazdi. Jamoamiz maktab bitiruvchilarini universitetimizda mavjud barcha shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi va ularni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻqishlarini davom etishga taklif etdi.
Read More
Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi va talabalarining poytaxtimiz boʻylab sayohatlari davom etmoqda.Bugun jamoamiz Oʻzbekiston davlat satira teatriga tashrif buyurib, Abdulla Qodiriy asari asosida sahnalashtirilgan “Julqunboy” komediya spektaklini tomosha qildilar. Shuningdek, ular Gʻafur Gʻulom uy muzeyiga ham tashrif buyurib, yozuvchining hayot yoʻli va ijod namunalari bilan yaqindan tanishdilar.
Read More
2023-yil 23-may kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti “Moliyaviy tahlil va audit” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Toshkent shahar Respublika dizayn maktabida yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va kitobxonlik kechasi tadbiri oʻtkazildi.Tadbir yakunida Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi va yoʻl xaritasi tasdiqlandi.
Read More
Buyuk tariximiz, betakror milliy sanʼatimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi hamda talabalari Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdi. Muzeyga qilingan sayohat davomida ular Oʻzbekistonning tarixi va buguni, ulkan zafarlari haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Teatrda esa ajoyib sanʼat asarlarini tomosha qilib, maroqli hordiq...
Read More
Joriy yilning 20-may kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetini 1981-yilda tamomlagan bitiruvchilar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuvda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich hamda Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti dekani Burxanov Aktam Usmanovich ham ishtirok etdilar.Universitetning tarixi va buguni, bitiruvchilarning muvaffaqiyatlari hamda talabalik davrining yorqin xotiralari haqida ajoyib davra suhbati...
Read More
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida “MDH statistikasini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan I xalqaro talabalar statistika festivali va Statistika bo‘yicha talabalar xalqaro olimpiadasi g‘oliblari Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi va Statistika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent Xalqaro aeroportida munosib kutib olindi.
Read More
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti faol talabalari 18-may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan G’ofur G’ulom uy-muzeyiga tashrif buyurdi.Mazkur sayohatdan ko’zlangan maqsad talaba-yoshlar o’rtasida adib hayot yo’li, ijodiy me’rosi bilan yaqindan tanishish, o’sha davr muhitini his qilish hamda yozuvchiga ehtirom koʻrsatish edi.Talabalar adib hayotiga yuzlanib, oʻzlari uchun foydali boʻlgan ma’lumotlarga ega boʻldi.
Read More
1 2 3 4 5 6 7