Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Time for Women in Business in Uzbekistan” 3-ayollar forumi boʻlib oʻtdi. Forum davomida Investitsiya va moliyaning bugungi kundagi ahamiyati, oʻzbek ayollari olib borayotgan bizneslari haqida maʼlumotlar berildi.Ushbu forumda “Lider qizlar” klubi aʼzosi hisoblangan Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetining iqtidorli talaba-qizlari faol ishtirok etishdi.Read More
Moskva shahrida, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida o’tkazilgan 1-xalqaro talabalar statistika festivali va statistika bo’yicha talabalar xalqaro olimpiadasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti talabalalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir yoʼla ikkita nominatsiyada gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi.Bular, Ulugʼbek Kamaletdinov ilmiy rahbarligidagi Iroda Ismailovaning MDH davlatlaridagi demografik ahvolning zamonaviy tendentsiyalari va ularning oila institutiga taʼsiri mavzusidagi ilmiy izlanishi MDH hududidagi “Eng yaxshi mintaqaviy tadqiqot” darajasiga erishdi. Аbdulhamid Yusufaliev jamoasining Oʼzbekistonning...Read More
Yaqinda Akademik E.A. Buketov nomidagi Qaragʻanda universiteti hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Xalqaro audit standartlari” xalqaro masofaviy olimpiadasi oʻtkazildi.Ushbu olimpiadada Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti MT-41 guruh talabasi Muratov Amir Temur oʻgʻli munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.Ushbu ajoyib gʻalaba bilan talabamizni chin dildan muborakbod etamiz.Read More
Moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti SD-61 guruh talabasi Jamolova Xonzoda Òrolboy qizi Muhammad Aminxòja Muqimiy hayoti va ijodini keng tarĝib qilish borasida Toshkent TMC insitutida talabalar bilan davra suhbati òtkazdi . Tadbir davomida talabalarga adib hayoti va ijodi xususida kòpgina ma’lumotlar berildi , ijodidan namunalar keltirildi.TMC instituti talabalari bilan fikr- mulohazalar almashildi . “Tanobchilar” , “Sayohatnoma” hamda “Saylov” asarlari tahlil qilindi . Tadbir yakunida savol-javoblar orqali talabalar bilimlari mustahkamlandi .Read More
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining milliy statistika tizimini takomillashtirishga doir bor qator qarorlari doirasida, nazariya va amaliyotning integratsiyani taʼminlash borasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida yaqindan oʻzaro samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Xususan, Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetida Statistika agentligining “Statistika laboratoriyasi” tashkil etilgan.Shuningdek, Statistika agentligi tomonidan bir qator xorijiy mamlakatlarning milliy statistika idoralari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan boʻlib, joriy yilning 15-19 may kunlari Koreya...Read More
Nulla vitae elit libero, a pharetra augue. Nulla vitae elit libero, a pharetra augue. Nulla vitae elit libero, a pharetra augue. Donec sed odio dui. Etiam porta sem malesuada.