Caption aligned here

Blog Full Right Sidebar With Frame

2023-yil 23-may kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti “Moliyaviy tahlil va audit” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Toshkent shahar Respublika dizayn maktabida yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va kitobxonlik kechasi tadbiri oʻtkazildi.Tadbir yakunida Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi va yoʻl xaritasi tasdiqlandi.
Read More
Buyuk tariximiz, betakror milliy sanʼatimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi hamda talabalari Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga tashrif buyurdi. Muzeyga qilingan sayohat davomida ular Oʻzbekistonning tarixi va buguni, ulkan zafarlari haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Teatrda esa ajoyib sanʼat asarlarini tomosha qilib, maroqli hordiq chiqarishdi.
Read More
Joriy yilning 20-may kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetini 1981-yilda tamomlagan bitiruvchilar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuvda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich hamda Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti dekani Burxanov Aktam Usmanovich ham ishtirok etdilar.Universitetning tarixi va buguni, bitiruvchilarning muvaffaqiyatlari hamda talabalik davrining yorqin xotiralari haqida ajoyib davra suhbati boʻlib oʻtdi.Ushbu tashrif uchun sobiq bitiruvchilarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Read More
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida “MDH statistikasini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan I xalqaro talabalar statistika festivali va Statistika bo‘yicha talabalar xalqaro olimpiadasi g‘oliblari Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi va Statistika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent Xalqaro aeroportida munosib kutib olindi.
Read More
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti faol talabalari 18-may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan G’ofur G’ulom uy-muzeyiga tashrif buyurdi.Mazkur sayohatdan ko’zlangan maqsad talaba-yoshlar o’rtasida adib hayot yo’li, ijodiy me’rosi bilan yaqindan tanishish, o’sha davr muhitini his qilish hamda yozuvchiga ehtirom koʻrsatish edi.Talabalar adib hayotiga yuzlanib, oʻzlari uchun foydali boʻlgan ma’lumotlarga ega boʻldi.
Read More
1 6 7 8 9 10 17