30-aprel kuni TDIU Korporativ boshqaruv fakulteti tashabbusi bilan “Futbol” chempionati oʼtkazildi. Chempionatda universitetning barcha fakultet jamoalari ishtirok etdilar. Qizgʼin davom etgan oʼyin natijasida:1-oʼrinni MBF jamoasi,2-oʼrinni KBF jamoasi,3-oʼrinni Iqtisodiyot fakulteti jamoasi egalladi. Barcha yutuq egalari rahbariyat tomonidan diplom, sertifikat va sovgʼalar bilan taqdirlandilar.Read More
30-aprel kuni TDIU Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti tomonidan “Voleybol” chempionati oʼtkazildi. Chempionatda universitetning barcha fakultet jamoalari ishtirok etdilar. Qizgʼin davom etgan oʼyin natijasida yigitlar oʼrtasida:1-oʼrinni MBF jamoasi,2-oʼrinni Iqtisodiyot jamoasi,3-oʼrinni KBF jamoasi; Qizlar oʼrtasida:1-oʼrinni MBF jamoasi2-oʼrinni KBF3-oʼrinni Iqtisodiyot jamoasi egalladi. Barcha yutuq egalari rahbariyat tomonidan diplom, sertifikat va sovgʼalar bilan taqdirlandilar.Read More
29-aprel kuni Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetida “TURONBANK” ATB Anderayting departamenti direktori Muazzamov Akmal Akbar oʻgʻli tomonidan “Tijorat banklarining kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Dars davomida talabalarga kredit va faktoring operatsiyalari, banklarning kredit siyosati va kredit turlari, banklarda faktoring operatsiyalarini amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.Read More
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi TDIU ga biriktirilgan talaba Shodimurodova Sabina Аlimurod qizi holidan xabar oldilar.Sabina bilan suhbatda uning bilimga chanqoqligi, intiluvchanligi va yuqori choʼqqilarga intilish xislatlari namoyon boʼldi. Sabinaning hozirgi kundagi muammolari oʼrganildi, xususan, xorijiy til oʼqituvchisi zarurligi, sogʼligʼini tiklashda sport uskunalaridan foydalanishga muhtojligi maʼlum boʼldi. Unga amaliy yordam koʼrsatish boʼyicha zaruriy choralar koʼrildi.Read More
27-28 aprel kunlari II Toshkent Xalqaro investisiya forumining ikkinchi kunida TDIU Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi va talabalari sohaga oid panel seksiyalarda faol ishtirok etishdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar. Shuningdek, yirik xorijiy hamda milliy kompaniyalar va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Read More
Nulla vitae elit libero, a pharetra augue. Nulla vitae elit libero, a pharetra augue. Nulla vitae elit libero, a pharetra augue. Donec sed odio dui. Etiam porta sem malesuada.