Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 2023-yil 15-iyun kuni fakultetlar talaba-qizlari o’rtasida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina o’tkazildi. Ishtirokchilarga 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisidagi savollar berildi.
Ushbu viktorinada Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi hamda sertifikat va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ushbu ajoyib gʻalaba bilan MBF jamoasini chin dildan muborakbod etamiz.