“Eng mazali salat” pazandalik tanlovi o’tkazildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilayotgan “Iqtisodiyot universiteti — kelajak bunyodkorlari maskani” festivali doirasida koʻplab tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Joriy yilning 12-iyun kuni “Eng mazali salat” pazandalik tanlovi bo’lib o’tdi. Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti tashabbusi bilan “Muzqaymoq party” o’tkazilib, barcha mehmonlarga tekin muzqaymoqlar, yaxna ichimliklar, shirinlik va mevalar taqdim etildi.
“Eng mazali salat” pazandalik tanlovida Moliya va buxgalteriya hisobi fakultetining oʻqituvchi va talaba qizlari faol ishtirok etdi. Tanlov natijasiga ko’ra, oliy 1-o’ringa ST-31 guruh talabamiz Baxshillayeva Shaxnoza tayyorlagan salat munosib deb topildi. Shuningdek, MBF jamoasi a’zolari bir qancha nominatsiya boʻyicha ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Leave a Reply