2023 yil 5 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidaMoliya va buxgalteriya hisobi fakulteti, Soliqlar vas ug`urta ishi kafedrasi va fakultet xotin-qizlar kengashi tomonidan “Siz Konstitusiyadagi huquqingizni bilasizmi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti, «Ma’muriy huquq» kafedrasi mudiri DSc. Yusupov Sardorbek Boxodirovich, Chilonzor tumani IIB XPB XKMB katta inspektori podpolkovnik Nishonova Tat’yana Vitalyevna, Chilonzor tumani IIB XPB XKMB katta inspektori Bozorova Ugiloy Tolib qizi va boshqalarning “Siz Konstitusiyadagi xuquqingizni bilasizmi? mavzusi yuzasidan “Jamiyatda xotin-qizlarning xuquqiy, siyosiy barqarorligi”, “Ijtimoiy davlat: tushuncha va mohiyat”, “Jamiyatda xotin-qizlar” mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.
Mazkur tadbirni moderator Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti xotin qizlar kengashi raisi, Soliqlar va sug`urta ishi kafedrasi professori Mutalova Dilorom Maxamadjanovna olib birib, so’zni TDIU Birinchi prorektori, professor Xudaykulov Sadriddin Karimovichga kirish so‘zi berildi. O`z so`zida O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish yo‘lidan dadil ketayotganini hisobga olib, “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida o’tkazilayotgan tadbirlar yuzasidan keng ma’lumot berib o`tdi.
Davra suhbatining keying ishtirokchisi Chilonzor tumani xokim urinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’lim boshligi Gulnora Tulaganova Axmadjonovnadavom ettirib, jumladan u o`z so`zida jamiyatdagi yurish turish qoidalar va talaba yoshlar uchun davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar qo`llab quvvatlovchi qonun osti xujjatlar xaqida ma`lumot berdi.
Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi suhbatni Chilonzor tumani IIB XPB XKMB Katta inspektori podpolkovnik Nishonova Tat’yana Vitalyevna davom ettirib, oiladagi mayishiy zuravonliklar va ijtimoiy tarmoqlardagi nomaqul xabarlar to`g`risida tushuntirishlar berdi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti, «Ma’muriy huquq» kafedrasi mudiri DSc. Yusupov Sardorbek Boxodirovich Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar, avvalo, inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy himoya va iqtisodiy farovonlik kafolatlari asosiy qonun darajasida mustahkamlanadigan Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgani qayd etildi. Davra suhbatida so‘zga chiqqan spikerlarning fikricha, Konstitutsiyadagi yangi normalarning yarmidan ko‘pi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish va mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan. O‘zbekistonda xotin-qizlarni jamiyatdagi o’rni muhim ahamiyati yoritildi.
Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida – Chilonzor tumani IIB XPB XKMB Katta inspektori Bozorova Ugiloy Tolib Qizi Davra suhbati davomida spiker ishtirokchi xotin qizlarning mamlakatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir yakunida Moliya va buhgalteriya xisobi fakulteti dekani Burxanov Aktam Usmanovich mavzu doirasida fikr bildirib, tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik yuzasidan universitet rektori tashakkurnomasini taqdim etdilar.