Bitiruvchilarimizning sifati mehnat bozorida yuksak baholanadi: professional salohiyat, harakatchanlik, ishbilarmonlik, aloqalarining keng qamrovi, professional muhitni yaratish qobiliyati.
Moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti 1931 – yilning 13 – avgustida sobiq SSSR xalq komissarlari sovetining qarori bilan O’rta Osiyo moliya – iqtisod instituti, keyinchalik ToshMII tashkil qilingan.
2020 – yil mart oyidan universitet Kengashi qarori asosida fakultet nomi “Buxgalteriya hisobi va Audit”dan “Moliya va Buxgalteriya hisobi” nomiga o’zgartirildi.
Fakultetda zamonaviy o’qitish usullaridan foydalanish, dasturlarning moslashuvchanligi va o’quv jarayonini baholash asosida o’quv dasturini o’z vaqtida tahlil qilish hamda tartibga solishga alohida e’tibor qaratilgan. Universitetga biriktirilgan maktablarda turli tanlovlar, mahorat darslari o’tkazish orqali iqtidorli va bilimli o’quvchilarni saralab ularni universitetga kirishlari uchun maxsus kurslarda tayyorlab kelmoqdamiz. Talabalarimiz Yevropa hamda okean ortidagi mamlakatlarning yuqori reytingiga ega professor – o’qituchilarining darslarida faol ishtirok etib, o’z bilim bazasini to’ldirib kelishmoqda.
Yoshlar ilmiy maktabi – talaba yoshlarimizda ilm qilishga motivatsiya berish, ilmiy maqolalar yozishni o’rganish, Xalqaro, yuqori saviyali jurnallarni tanlash, ilmiy yangiliklar bazasini yaratish kabi maqsadlarni o’z ichiga olgan.
Maktabda yuqori reytinga va ilmiy darajaga ega ekspertlar talaba yoshlarga amaliy bilim va ko’nikmalar berib borishadi.
Hamkorlik qilishdan asosiy maqsad – talabalarda kasbiy muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo’lgan amaliy bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish hisoblanadi.
Fakultet yoshlari ta’limdan ortgan vaqtlarini ma’naviy, sport hamda axborot texnologiya yo’nalishlarida bilim va ko’nikmalar almashish uchun sarflashadi.
“Yoshlar chempionati” sport musobaqalari, “Kitobxonlik” va insholar tanlovlari, bloggerlik, axborot texnologiyalar,”Start up” loyihalari hamda boshqa barcha ko’rik-tanlov g’oliblari universitet tomonidan rag’batlantiriladi.